Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BAA bilan ta’lim sohasida hamkorlik ko‘lami kengayadi
18:44 / 2023-03-17

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib turibdi.

Ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvlari doirasida BAA Ta'lim vaziri Доктор Ахмад Белхул Ал- Фаласи билан учрашув o'tkazildi.

Uchrashuvda tomonlar  O‘zbekiston va BAA ta’lim tizimlarini o‘rganish va hamkorlikda qo‘shma loyihalar tashkil etish, mamlakatimizda xorijiy til sifatida arab tili o‘qitiladigan maktablar uchun o‘quv-metodik majmualarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish, pedagoglarning malakasini oshirish, ular faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish kabi masalalarni muhokama qildi.

Shuningdek, vazir BAA Prezidenti Devonining ta’lim va tadqiqotlar bo‘yicha kotibi o‘rinbosari Doktor Abdulloh Mug‘robiy bilan uchrashdi. Unda STEM fanlari hamda arab tilini o‘qitish bo‘yicha BAAdan mutaxassislarni jalb etish kabi sohalarda hamkorlik qilish borasida so‘z yuritildi.

Muzokaralar natijasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Devonining ta’lim va tadqiqotlar bo‘yicha kotibiyati o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Vazir Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education tashkiloti bosh ofisida ham bo‘ldi. Tashkilot Bosh direktori Jefri Alonso va kompaniya vakillari bilan uchrashuvda Alef raqamli ta’lim platformasini O‘zbekistonda mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda joriy etish,

katta hajmdagi ma’lumotlar va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim boshqaruvida eng optimal qaror qabul qilish bo‘yicha Respublikamiz hududida tajriba-sinov loyihasini ishga tushirish muhokama qilindi. Formativ va summativ baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Hilola Umarova hamda Yangi O‘zbekiston universiteti vakillari Xalifa fan va texnologiyalar universiteti ijrochi vitse-prezidenti Doktor Ahmad Ash- Shoibi bilan uchrashdi. Hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro ilmiy konferensiyalarni birgalikda tashkil qilish, tajriba almashish dasturini joriy etishga kelishib olindi.

O‘zA