BAA aeroportlardagi uzilish tufayli bir daqiqada million dollar yo‘qotmoqda
AQSH va Eron o‘rtasida davom etayotgan mintaqaviy mojaro fonida Dubay xalqaro aeroporti hamda Abu-Dabidagi Al Maktum xalqaro aeroporti jiddiy uzilishlarga duch keldi. Ayni holat BAA uchun iqtisodiy jihatdan misli ko‘rilmagan salbiy oqibat keltirib chiqardi. Vaziyat keskinlashib borayotgan bir paytda mahalliy iqtisodiyot daqiqasiga 1 million dollar miqdorida moliyaviy yo‘qotishga duch kelmoqda. Umumiy zarar allaqachon 5 milliard dollardan oshdi.
Ushbu ikki aeroport 28-fevraldan 3-martgacha butunlay yopildi. Natijada aviatsiya sektori, savdo va turizm jiddiy ta’sirga uchradi. Shu davr ichida Dubay va Abu-Dabi aeroportlarida 12 300, mintaqadagi yirik havo bandargohlarida jami 21 300 reys bekor qilingan. Bu COVID-19 pandemiyasidan keyin mintaqada kuzatilgan eng yirik cheklov.
S.Rahimov, O‘zA