Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baʼzi dori vositalari narxlar sunʼiy ravishda oshib ketmayaptimi?
08:40 / 2020-07-15

Hozirgi vaziyat barchaga maʼlum.


Hozirgi vaziyat barchaga maʼlum. Ijtimoiy tarmoqlarda baʼzi dori vositalari orqali virusga qarshi samarali kurashish mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumot keng tarqaldi. Natijada dorixonalardan oʻsha vositalarni topish anchayin mushkul boʻlib qoldi. Bor boʻlsa ham narxi 10 barobarga oshib ketdi. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan masalan, “Ergoferon” preparatning xaridi qaysi manzillarda amalga oshirilmoqda, narxlar sunʼiy ravishda oshib ketmayaptimi, shu boʻyicha tekshiruv olib bordi. Eʼtiboringizga, Buxoro viloyati hududlaridagi holat bilan sizni yaqindan tanishtiramiz.

Ayni damda viloyatning Buxoro shahri va 11 ta tumanida ushbu dori vositasi mavjud emas. Oxirgi marta 10-iyul kuni Olot, Qorakoʻl, Qorovulbozor tumanlarida 44 mingdan 52 minggacha sotilgan boʻlsa, 13-iyul kuni Kogon shahri dorixonalarida 48 ming soʻmga sotilgan. Gʻijduvon tumanida esa isteʼmolchilar 30-iyundan buyon mazkur dori vositasini topa olishmayapti. Viloyatning boshqa - Vobkent, Shofirkon, Romitan, Peshku singari tumanlari aholisi ham shu dori yoʻqligidan norozi.

Shu oʻrinda haqli savol yuzaga keladi. Yurtimizda aholining kerakli dori-darmonga boʻlgan talabini qondirish va oʻz vaqtida zaruriy vositalar bilan taʼminlash shunchalik mushkulmi? Ayni pandemiya sharoitida masʼul mutasaddi tashkilot vakillari chora-tadbirlar va tayyorgarliklarni nahot koʻrib qoʻyishmagan?! Kasallikning yengilroq turi bilan ogʻrigan bemorlar uy sharoitida davolanishga majbur boʻlayotgan ayni vaziyatda masalaga tezroq yechim topiladi, degan umiddamiz.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yurtimizdagi viloyatlar kesimida vaziyatni oʻrganishda davom etadi.

Manija Bahriyeva,
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bosh mutaxassisi