Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Azizbek Abduxabibov Jahon kubogi bronza medali sohibi
17:29 / 2018-05-19

Vengriyaning Seged shahrida Parakanoe bo‘yicha Jahon kubogi bahslari davom etmoqda.60 davlat delegatsiyasi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini ing besh nafar sportchimiz himoya qilmoqda.

200 metr masofaga o‘tkazilgan bellashuvlardaAzizbek Abduxabibov KL-2 yo‘nalishidagi qayiqda o‘z mahoratini namoyish etib, A finalda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. KL-3 yo‘nalishidagi qayiqda B finalda ishtirok etgan Pavel Sulaymonov beshinchi o‘rinni egalladi. Huddi shu yo‘nalishda yana bir sportchimiz Hasan Qo‘ldoshev to‘qqizinchi o‘rindan joy oldi.

Bugun, 19 may kuni bahslarda yana ikki sportchimiz o‘z omadini sinab ko‘radi. Ayollar o‘rtasida A finalda Shahnoza Mirzayeva KL-3 yo‘nalishdagi qayiqda startga chiqadi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida A finalda VL-3 yo‘nalishdagi qayiqda Hayitmurot Sherqo‘ziyev o‘z omadini sinab ko‘radi.