Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Azizbek Abdug‘ofurov va rossiyalik Vladimir Chudinov “WBC Silver” kamari uchun ringga ko‘tariladi
20:00 / 2018-05-04

5-may kuni poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

5-may kuni poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada bokschilarimiz bilan birga Rossiya, Tanzaniya, Indoneziya, Gruziyadan kelgan charm qo‘lqop ustalari o‘zaro raqobatlashadi.

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur boks kechasida jami sakkizta jang o‘tkaziladi. Kechaning markaziy jangi hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov va rossiyalik Vladimir Chudinov o‘rtasida o‘tadi. Ular 12 raund davomida “WBC Silver” kamari uchun ringga ko‘tariladi.

Shuningdek, musobaqada hamyurtlarimizdan Qudratillo Abdukahhorov, Jasur Ahmadjonov, Olimjon Nazarov, Ulug‘bek Sobirov, Umid Rustamov, Begzod Tursunbayev, Jamshid Najmiddinov ringga ko‘tariladi.