Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aziza Sharipova – tanlov g‘olibi
20:22 / 2015-05-07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2015” ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2015” ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu an’anaviy tanlovda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligida tashabbus ko‘rsatayotgan, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan 42 tadbirkor, fermer va hunarmand ishtirok etdi.

Ishtirokchilar orasida tajribali ishbilarmonlar bilan birga, intiluvchan va tashabbuskor yoshlar ham ko‘pchilikni tashkil etgani e’tiborlidir. Chiroqchi tumanidan yakka tartibdagi tadbirkor Aziza Sharipova ulardan biridir. O‘tgan yili Shahrisabz pedagogika kollejini tamomlagan Aziza tanlovda o‘zi yaratgan milliy gilamchilik mahsulotlari bilan qatnashdi va “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo‘nalishi g‘olibi bo‘ldi.

Kitob tumanidagi “Voha mash`ali” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Sanjar G‘aniyev “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, Nishon tumanidagi “Saydaliyev Muhriddin” fermer xo‘jaligi raisi Muhriddin Saydaliyev “Yilning eng yaxshi fermeri” deb e’tirof etildi.

– “Tashabbus” tanlovida ilk ishtirokimdayoq g‘olib bo‘lishni o‘ylamagan edim, – deydi Kitob tumanidagi “Voha mash`ali” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Sanjar G‘aniyev. – Bu, o‘z navbatida, katta mas’uliyat ekanini ham yaxshi anglab turibman. Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan foydalanib, faoliyatimizni kengaytirmoqdamiz. Xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar asosida mikrokalsit va har xil bo‘yoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Ayni paytda korxonamizda 8 turdagi qurilish mahsulotlari tayyorlanmoqda.

“Eng yaxshi yosh tadbirkor”, “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi innovatsion loyiha muallifi”, “Yoshlarga eng ko‘p ish joyi yaratgan tadbirkor”, “Mening yurtim – mening iftixorim”, “Eng yaxshi eksportchi”, “Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi”, “Eng yaxshi mas’uliyatli ijtimoiy sherik” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro‘ziyev so‘zga chiqdi.