Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aziz Toshpoʻlatov: 60 yoʻl-patrul maskanidan 31 tasi va 104 blok-postlardan 74 tasi qisqartirildi
15:58 / 2019-08-24

Mavjud 60 muntazam YPX maskanidan 31 tasi va 104 blok-postlardan 74 tasi qisqartirildi.


Oliy Majlis Senati yalpi majlisida ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot bergan Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aziz Toshpoʻlatov yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash konsepsiyasi ijrosiga toʻxtalib oʻtdi.

Mavjud 60 muntazam YPX maskanidan 31 tasi va 104 blok-postlardan 74 tasi qisqartirildi.

Shahar va tumanlar hududida yoʻl-patrul xizmati saf boʻlinmalari xizmati sektorlarga taqsimlanib, qayta tashkil etildi.

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga jamoatchilik asosida koʻmaklashuvchi “Yoʻl posboni” tuzilmasi joriy etildi.

Yoʻl harakati sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik holatlarini roʻyxatga olishning markazlashgan “Maʼmuriy amaliyot” elektron tizimi hamda jarima toʻlovlarni amalga oshirishni nazorat qilishning billing tizimi joriy etildi.

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini foto-video fiksatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hududida amalga oshirilmoqda.