Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aziz Ergashev Baxmal tumani hokimi etib tayinlandi
08:34 / 2024-02-21

Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.

Deputatlar Aziz Ergashevni Baxmal tumani hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni bir ovozdan ma’qulladi.

Aziz Ergashev hozirga qadar Jizzax shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri