Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aziz Abduhakimov “Euronews” rahbariga “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonini topshirdi
20:52 / 2026-02-26

O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov “Euronews” rahbari Pedro Vargas Davidga ekologiya sohasiga oid tashabbuslarni yoritish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonini topshirdi. Uchrashuv doirasida “Euronews” rahbari qo‘mita faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bergan.

Tomonlar axborot hamkorligini kengaytirish, mamlakatimiz ekologik kun tartibini xalqaro maydonda targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma media-loyihalar amalga oshirish istiqbolini muhokama qildilar. Shuningdek, global iqlim kun tartibi doirasida respublikamiz tashabbuslariga xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb qilish, ekologik madaniyatni oshirish va “yashil” rivojlanish g‘oyasini ommalashtirish mavzulariga alohida e’tibor qaratildi. Tashrif doirasida mehmonlar uchun qo‘mita tizimi bo‘yicha tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.  

F. Yaxshiboyeva, O‘zA