Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda iqlim masalalari bo‘yicha kun tartibiga yoshlarni jalb qilish dasturi taqdim etildi. Vazirlikning hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirayotgan loyihalari xususida ma’lumot berildi.
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov jurnalistlarga bergan intervyusida barcha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, tatbiq qilish jarayoniga yoshlarni jalb etish masalalari faoliyatda asosiy o‘rin egallashini ta’kidladi.
— Yoshlar o‘zgarishlarni harakatlantiruvchi kuch, ularning g‘ayrati, faolligi va ijodkorligi barqaror va yashil kelajakni shakllantirishning muhim kaliti hisoblanadi, — deydi vazir.
A.Abduhakimov, shuningdek vazirlik qoshida Yoshlar ekolgik kengashi tashkil etish vazifa qilib yuklatilganini ma’lum qildi. Bu borada volontyor yoshlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda, ko‘plab takliflar ishlab chiqilmoqda.
— Yana bir muhim yangilikni aytib o‘tish joiz, jamoatchilik bilan ko‘proq ishlash maqsadida Ekologiya jamoat nazoratchilari tizimi tashkil etildi, — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Intervyuni O‘zAning YouTube tarmog‘ida tomosha qilishingiz mumkin. Birozdan so‘ng matbuot anjumani haqida batafsil axborot taqdim etamiz.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/3-TLu1qRGQM?si=zBoVU5E92EOg8rA2" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev,
Asliddin Alijonov (video),
O‘zA