Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Azimjon polvon Gruziyada sovrindor bo‘ldi
10:38 / 2023-12-21

Gruziyaning Tbilisi shahrida 3 karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, ayni damda Gruziya og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Kaxi Kaxiashvili tomonidan tashkil etilgan “Kaxi kubogi” bo‘lib o‘tdi.

1994 yildan buyon o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro musobaqada erkaklar o‘rtasida +109 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Azimjon Xolev uchinchi o‘rinni, sinkler tizimi bo‘yicha esa sakkizinchi o‘rinni band etdi.  

Musobaqa yakunida delegatsiyamiz a’zolari Kaxi Kaxiashviliga O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining maxsus esdalik sovg‘asini topshirdi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA