Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Azaliy do‘stlik – abadiy do‘stlik”
20:18 / 2023-05-08

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda Ozarbayjon milliy yetakchisi Haydar Aliyevning 100 yillik tavalludiga bag‘ishlangan “Azaliy do‘stlik – abadiy do‘stlik” ma’naviy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov ochib berar ekan, ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar mustahkam tarixiy, madaniy-ma’rifiy ildizlarga asoslanishini ta’kidladi.

– 2022 yil 21 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan yurtimizga kelgan edi, – dedi Minhojiddin Mirzo. – Aynan ushbu tashrif mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik aloqalarining yangi sahifasi bo‘ldi. Ozarbayjon Prezidentining davlat tashrifi Haydar Aliyev nomidagi yangilangan ko‘cha va uning yodgorligi ochilishidan boshlangan edi. Mazkur tashrif Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi, o‘zbek xalqining sadoqatli do‘sti Haydar Aliyev sharafiga nomlangan ko‘chaning ochilish marosimidan boshlangani katta ramziy ma’noga ega. Haydar Aliyev XX asrning atoqli siyosiy va davlat arbobi, mustaqil Ozarbayjonning asoschisi sifatida tarixga kirdi.

Anjumanda ikki xalq do‘stligini namoyon etuvchi videoroliklar, musiqiy dasturlar namoyish etildi.

N.Usmonova, O‘zA