Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ayritom”da bojxona nazorati va yuk tashuvlari takomillashtiriladi
10:55 / 2026-02-16

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i I.G‘ulomov, “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i o‘rinbosari F.Giyasov DXX chegara qo‘shinlari mutasaddilari bilan Afg‘onistondan temir yo‘l transportida tranzit olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonlari va tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

Hamkorlikdagi tanishuv chog‘ida temir yo‘l uzelining hududda tashkil etadigan ombori va unda temir yo‘l yuk vagonlarini samarali bojxona nazoratidan o‘tkazish imkoniyatini beruvchi zarur infratuzilmani yaratish masalalari ham atroflicha muhokama etildi.

Mamlakatimizda chegaradosh davlatlar bilan yaqin qo‘shnichilik aloqalarimiz yangi bosqichga ko‘tarilib, o‘zaro savdo-iqtisodiy, logistika va tranzit yo‘nalishlaridagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda. Keyingi yillarda Afg‘oniston bilan tovar ayirboshlash hajmi, eksport-import hamda tranzit ko‘rsatkichlari izchil o‘sib borayotgani bunga yaqqol misol bo‘ladi. Bu yo‘nalishdagi o‘sish suratlarini ta’minlashda temir yo‘l yuk transportining o‘z o‘rni bor. Ayni paytda “Ayritom” chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan yuk oqimi ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarining muhim bo‘g‘iniga aylangan. Bu jarayonda yuklarni bojxona nazoratidan tezkor va sifatli o‘tkazish muhim  vazifalardan biri sanaladi. 

Viloyat bojxona boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-2025-yillarda temir yo‘l chegara bojxona posti orqali yukli temir yo‘l vagonlari harakati hamda yuk tashish hajmining barqaror o‘sishi kuzatilib, 2024-yil 58 ming 864 ta yukli temir yo‘l vagoni harakatlangan. Kunlik o‘rtacha ko‘rsatkich 161 tani tashkil etdi. O‘tgan yilda mazkur raqam 66 ming 247 taga yetgan bo‘lib, kunlik o‘rtacha 181 tani qayd etgan. Yuk vagonlari harakati hajmi 13 foizga oshgan. 2024-yil temir yo‘l transportida 3 million 317 ming tonna yuk tashilgan bo‘lsa, o‘tgan yil bu ko‘rsatkich qariyb 3 million 692 ming tonnaga yetdi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri