Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash hamda kichik biznesni rivojlantirishga qo‘shimcha sharoitlar yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Qayd etilganidek, Andijon viloyatida joriy yilda investitsiya loyihalari hisobiga 40 mingta, paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga bo‘lib berish hisobiga 75 mingta va mavsumiy ishlar orqali 200 mingta, mahallalarda mikromarkazlar tashkil etish, sanoat zonalarida ishlab chiqarishni kengaytirish va markaziy ko‘chalarni xizmatlarga ixtisoslashtirish, savdo-servis ob’ektlarini barpo etish hisobidan 135 mingta, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar hisobidan 20 mingta ish o‘rinlari yaratish reja qilingan.
Yoki, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida kartoshkachilikni yo‘lga qo‘yib, 10 ming aholini daromadli ish bilan ta’minlash, bog‘larning sug‘orish tizimini tiklash hisobiga 2 ming, Ko‘kdalada tarvuz ekishni yo‘lga qo‘yib, 32 ming, Mirishkorda dala chetlariga tut ektirish hisobiga pillachilikda qo‘shimcha 6 ming aholini daromadli qilish belgilangan.
–Qolgan viloyatlar-chi? Bu borada hududlarning dasturlari bilan birma-bir tanishib chiqdim. Ochiq aytish kerak, ayrim viloyat, tuman va shahar hokimlari masalaning ichiga kirmagan, – dedi Prezident.
O‘zA