Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayrim viloyat hokimlari farmatsevtika loyihalarini o‘z holiga tashlab qo‘ygani tanqid qilindi
15:45 / 2026-03-05

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Tadbirda farmatsevtika korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.

Respublika bo‘yicha jami 136 gektar maydonda 5 ta farmatsevtika zonasi tashkil qilinib, infratuzilma bilan bog‘liq barcha masalalar hal qilib berilgan.

Lekin ayrim viloyat hokimlari, ularning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari farmatsevtika loyihalarini o‘z holiga tashlab qo‘ygani tanqid qilindi.  

Misol uchun, 25 gektardagi Jizzax farmzonasida o‘tgan yili umuman dori ishlab chiqarilmagan. Yoki Bo‘stonliq farmzonasidagi 14 gektar yer 2017-yildan beri bo‘sh turibdi.  

O‘tgan yili Jizzax va Samarqandda birorta ham loyiha ishga tushmagan bo‘lsa, Buxoroda atigi 200 ming, Xorazmda 2 million dollarlik bittadan loyiha bo‘lgan, xolos.  

Hokimlar yangi loyihalarni ko‘paytirish u yoqda tursin, bor quvvatlarni ham ishlata olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. O‘tgan yili respublikadagi 96 ta korxonaning aylanmasi 312 milliard so‘mga pasaygan.

O‘zA