Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayrim tuman va shahar hokimlari faqat kichik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish bilan cheklanib qolmoqda,– Prezident
19:50 / 2023-08-02

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda o‘tgan yilda Toshkent viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirish hajmi 135 foizga o‘sib, 480 million dollarni tashkil qilgani ta’kidlandi.

Lekin bu ko‘rsatkich 8 ta tuman va shaharda 2021 yildagi hajmga ham yetmagani ko‘rsatib o‘tildi.  

Shuningdek, o‘tgan olti oyda investitsiya dasturlari doirasida 240 million dollarlik 322 ta loyiha ishga tushirilib, 8 mingta ish o‘rni yaratildi.  

Lekin ayrim tuman va shahar hokimlari faqat kichik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish bilan cheklanib qolmoqda.  

Misol uchun, O‘rta Chirchiq, Chinoz, Qibray, Toshkent, Yangiyo‘l tumanlari va Nurafshon shahrida birorta ham yirik loyiha yo‘q.  

Davlatimiz rahbari har bir tuman va shahar hokimiga yil yakuni bilan kamida 100 million dollardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilish bo‘yicha topshiriq berdi.  

O‘zA