English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayrim transportlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi vaqtincha talab etilmaydi
09:52 / 2023-05-12

Joriy yil 11 mayda “Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi talab 2024 yil 1 yanvargacha to‘xtatib turiladi.  

—eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm kubdan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli ikki yoki uch g‘ildirakli transport vositalari,  

—shu jumladan xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni.  

Bunda, ushbu transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarur.  

Shuningdek, buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno) o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turiga kiritildi. (ilgari shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turi hisoblangan).  

 

Sh.Mamaturopova,

O‘zA