Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayrim tabiiy gaz iste’molchilarining o‘g‘rincha harakatlari fosh etildi
19:33 / 2024-10-21

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududgazta’minot” AJ bilan hamkorlikda Sirdaryo va Namangan viloyatlarida galdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Unda har ikki hududda ham tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “M.G.” MCHJda gaz hisoblagichiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a uzilib, 223,3 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. 

Shuningdek, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani “Qurama” MFYDA joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor “B.O.”ga qarashli issiqxona qurilmalarini gaz hisoblagichdan tashqari 20 mm. polietilen quvur orqali gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 3,2 miliard so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha ishlatilgan. 

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining xabar qilishicha, ushbu holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA