Ayrim sudyalarning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi
Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishida ayrim sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishga oid masala ko‘rib chiqildi.
Kengash matbuot xizmatidan ma’lum qilishicha, muhokamalar yakunida Kengash qarori bilan:
Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi S. Tursunov;
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining sudyasi A. Yo‘ldoshev;
Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudining sudyasi B. Jo‘rabekov yozma arizalariga ko‘ra;
Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudyasi I. Hakimova odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun;
Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tumani sudining raisi Sh.Sharipov vafot etganligi sababli lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
O‘zA