Yig‘ilishda ayrim rahbarlarning xorijiy davlatlarga borib, investitsiya jalb qilish bo‘yicha ishlari kutilgan natijasini bermayotgani qayd etildi.
Masalan, Farg‘ona viloyati hokimi 2022 yilda Yaponiya va Germaniyaga, 2023 yilda Koreya va Xitoyga borib 1,8 milliard dollarlik 42 ta loyiha bo‘yicha kelishuvga erishgan. Lekin, bir yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, 1,5 milliard dollarlik 39 ta loyiha bo‘yicha hali ish boshlanmagan. Shu kabi, Sirdaryo viloyati hokimi oxirgi 2 yilda Koreya va Xitoyga borib, bor-yo‘g‘i 180 million dollarlik 17 ta loyiha bo‘yicha shartnoma qilgan. Shundan hozirda 6 ta loyihadagi ishlar to‘xtab qolgan.
Tashriflarda hokimlar milliard-milliard dollarlik loyiha takliflarini xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqib, ularni dasturga kiritgan bo‘lishiga qaramay, loyihani yurgizish masalasini o‘z holiga tashlab qo‘ygan.Shu bois, bu loyihalar bilan Investitsiya vazirligining o‘zi shug‘ullanishi belgilandi.
Investitsiya vaziriga tarmoq rahbarlari bilan birga 41 ta loyiha bo‘yicha barcha hisob-kitoblarni qilib, loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqib, xorijiy investorlar va moliya institutlariga taqdimot qilish hamda amaliy ishlarni boshlash topshirildi.
O‘zA