Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayrim rahbarlar “xalqni rozi qilish” degan ezgu tushunchani hali anglab yetmagan – Prezident
12:02 / 2022-08-26

Xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari shuncha sa’y-harakatlarga, Qoraqalpog‘istonga ajratilayotgan katta-katta mablag‘larga qaramay, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir qilayotgan muammolar saqlanib qolayotganini qayd etdi.

–Chunki bu yerdagi ayrim adolatsiz, nopok rahbarlar “xalqni rozi qilish” degan ezgu tushunchani hali anglab yetmagan, – dedi Prezident.

bugungi kunda ham aholi o‘rtasida ichimlik suvi, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti, ishsizlik, narx-navo kabi muammolar yuzasidan bildirilayotgan shikoyatlar yuqoriligicha qolmoqda.

Aslida, 2 oy oldingi voqealar negizida ham aholining ayrim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim topmasdan yotgani ko‘rsatib o‘tildi.

– Afsuski, ayrim rahbarlar xalqimizga xalol xizmat qilish o‘rniga farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan mablag‘larni samarasiz sarflash, yaratib berilgan imkoniyatlarni ishga solmaslik, el-yurt uchun jonini berib ishlamaslik holatlariga yo‘l qo‘yib kelmoqda, – dedi Prezident.



O‘zA