Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda (+video)
17:33 / 2026-01-28

Keyingi yillarda mamlakatimizning o‘rta va uzoq muddatli strategiyalariga muvofiq O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiyotga to‘liq integratsiyasini ta’minlash, monopol sohalarni izchil ravishda bozor tamoyillariga o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish, yirik davlat korxonalariga berilgan maxsus (eksklyuziv) huquqlarni bekor qilish hamda qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash va realizatsiya qilishda, shuningdek tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish orqali ochiq va raqobatbardosh bozor muhitini shakllantirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Bugungi lavhamida bozor islohotlari va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA