Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayrim oliy taʼlim yoʻnalishlarida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga “Matematika” majburiy fan sifatida kiritildi
20:10 / 2020-03-01

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga “Matematika” fani majburiy fan sifatida kiritildi.


Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga “Matematika” fani majburiy fan sifatida kiritildi.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2020-2021 oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejasida bu qayd etilgan.

Shu sababli, oʻquvchilarga matematika fanini chuqurroq oʻrgatish maqsadida 10-sinfda “Algebra” faniga haftasiga 1 soat qoʻshib berildi va ushbu fanning haftalik oʻquv soati miqdori 3 soatga keltirildi.

Vazirlik axborot xizmati xabarida qayd etilishicha, joriy yilda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha tub burilish qilish, bu soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, taʼlimning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga toʻliq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi rejalashtirilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan qoʻshib berildi va ularning haftalik oʻquv soatlari miqdori 1 soatga keltirildi.

Bu orqali oʻquvchilarning xalqaro baholash dasturlari boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik koʻrish maqsad qilingan.

Shuningdek, oʻquvchilarga STEAM taʼlimi yoʻnalishidagi fanlarni chuqurroq oʻrgatish maqsadida 10-11-sinflarda “Kimyo” va “Biologiya” fanlariga 1 soatdan qoʻshib berildi va ularning haftalik oʻquv soatlari miqdori 3 soatga keltirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 8-bandida “Bir-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlmagan fanlar asosida tuzilgan oʻquv dasturidan bosqichma-bosqich voz kechish va oʻquv fanlari sonini optimallashtirish” vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan, “Geografiya”, “Iqtisodiy bilim asoslari”, “Tadbirkorlik asoslari” fanlarini birlashtirgan holda, yagona “Geografiya va iqtisodiyot” fani kiritildi. Bu orqali oʻquvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish va Xalqaro baholash dasturlari boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik koʻrish maqsad qilingan. Shuningdek, PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturida oʻquvchilarning moliyaviy savodxonlik darajasi baholanishi nazarda tutilgan.