Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayrim oʻqituvchi va talabalarning AKTni bilish darajasi talabga javob bermaydi
14:30 / 2020-04-30

Hozirgi karantin davriga qadar yurtimiz oliy taʼlim tizimida masofaviy taʼlim berish shakli boʻlmagan.


Hozirgi karantin davriga qadar yurtimiz oliy taʼlim tizimida masofaviy taʼlim berish shakli boʻlmagan. Ammo, vaziyat shuni taqoza etgach onlayn darslar yoʻlga qoʻyildi. Kelgusida yurtimiz oliygohlarida ham masofaviy oliy taʼlimni doimiy yoʻlga qoʻyilishi mumkinmi? Oʻqituvchi va oʻquvchilar masofaviy oʻqishga tayyor ekanmi? Tezlik bilan onlayn oʻqitish tizimiga oʻtilishi bu borada qanday kamchiliklarni yuzaga chiqardi?

Ushbu savollarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi ULUGʻBEK TASHKENBAYEV javob berdi.

Pandemiya sababli joriy etilgan karantinni yomon jihatlari haqida toʻxtalyapmiz-u, lekin ushbu jarayondan unumli foydalanib qolish imkoniyatlari ham bor. Sababi barcha universitetlar masofaviy taʼlimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ozmi-koʻpmi tajriba orttirishmoqda. Shu bilan birga aholi va yoshlarimizda taʼlim turlarini oʻzaro solishtirib koʻrish imkoniyati boʻlmoqda. Albatta biz karantin davrida oʻquvchilari va talabalarga masofaviy taʼlim boʻyicha olingan tajribadan kelgusida oddiy kunlarda ham keng foydalanamiz. Buning yaxshi jihatlarini tahlil qilamiz.

Yurtimizda doimiy yoʻlga qoʻyilishiga kelsak, masofaviy taʼlim bizda malaka oshirish tizimida qisman qoʻllanib kelinayotgan edi. Ayniqsa mustaqil bilim olish uchun taʼlim olish platformalarini ishlatish muhim hisoblanadi. Talaba va oʻqituvchi qayerda boʻlishidan qatʼi nazar u masofadan turib jarayonni tashkil etishi mumkin. Endilikda esa ayrim mutaxassisliklar uchun tajriba sinov asosida masofaviy taʼlimni tashkil etish va uning natijadorligiga qarab keng yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Buning uchun esa mavjud huquqiy meʼyoriy hujjatlarni ham bunga moslashtirib borishimiz lozim boʻladi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunida ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda kunduzgi, sirtqi hamda kechki taʼlim olish shakllari belgilangan boʻlib, masofaviy taʼlim shakli ushbu qonun hujjatida koʻzda tutilmagan edi.

Ammo, respublikamizda soʻnggi yillarda taʼlim sohasida olib borilayotgan ijobiy islohotlarga asosan Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining yangi tahrirdagi loyihasi tayyorlangan va tegishli manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Mazkur qonun loyihasida “masofaviy taʼlim” shaklida taʼlim berish ham kiritilgan. Shuningdek, 2020-yil davlat dasturida ham yangi oʻquv yilidan boshlab respublikamizdagi 4 ta OTMlarda masofaviy taʼlim shaklida taʼlimni tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirda barcha OTM masofadan turib dars jarayonlarini amalga oshirmoqdalar. Bitiruv malakaviy ishlarni himoyasi, davlat imtihonlar, nazoratlar ham masofaviy shaklda oʻtmoqda. Ammo olib borilayotgan tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, ayrim professor-oʻqituvchilarning tajriba va koʻnikmasi, AKTni bilish darajasi talabga toʻliq javob bermayapdi. Shuningdek, ayrim talabalarda ham masofiviy taʼlim olish koʻnikmasi mavjud emas. Albatta, keyingi jarayonlarda buni ustida koʻproq ishlashimiz lozim.