Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayrim elchixonalarda madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
14:54 / 2026-02-03

Mamlakatimizning xalqaro maydonda nufuzi tobora oshib bormoqda. Muntazam yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorliklar natijasida siyosiy va madaniy sheriklarimiz safi ham kengaymoqda.

Ushbu ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarini yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–15-son, 30.01.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, belgilangan davlatlardagi elchixonalarning shtat jadvaliga qo‘shimcha ravishda madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish lozimki, ushbu lavozim xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning madaniyat va turizm sohalaridagi tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilgan.

Maslahatchi lavozimiga tayinlash va undan ozod etish Prezident Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘i taqdimnomasiga muvofiq tashqi ishlar vaziri tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Maslahatchi tegishli davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbariga bo‘ysunib, uning 2 tomonlama munosabatlarni rivojlantirish faoliyatiga ko‘maklashadi va Prezident Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘iga hisobdor bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur farmon takomillashayotgan boshqaruv tizimining yana bir namunasidir.

Sherbek Islomov, O‘zA