“Bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan ayrim bojxona postlari tugatilmoqda:
➖“Bobotog‘” avtomobil yo‘lida “Sariosiyo” chegara bojxona postining “Bobotog‘” bojxona punkti;
➖“Uchto‘rg‘on” avtomobil yo‘lida “Uchto‘rg‘on” chegara bojxona posti;
➖“Pop” avtomobil yo‘lida “Pop” chegara bojxona posti;
➖“Rovot” avtomobil yo‘lida “Rovot” chegara bojxona posti;
➖“Rishton” avtomobil yo‘lida “Rishton” chegara bojxona posti;
➖“Bekobod” avtomobil yo‘lida “Bekobod avto” chegara bojxona posti.
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Nozimbek Dilboboyevning qayd etishicha, mazkur chegara o‘tkazish punktlarida joriy yilda sinov tariqasida avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirish faqatgina chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, mazkur farmonga muvofiq quyidagi Masofaviy elektron deklaratsiyalash (MED) bojxona postlari ham tugatiladi:
Bular: Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari MED bojxona postlari.
Ushbu tugatilayotgan bojxona postlarining shtat birliklari “Bojxona rasmiylashtiruvi markazi”ga hamda ish hajmi ko‘p bo‘lgan boshqa bojxona postlariga o‘tkazilishi belgilandi.
G.Boboyeva,
O‘zA