Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayozli kunlarda ehtiyot choralari ko‘rilmoqda
19:40 / 2023-01-15

Ekologiya va Obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari birgalikda shahar hududini qordan tozalamoqda.

Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan tozalikni saqlash yo‘lida mehnat qilayotgan obodonlashtirish boshqarmasining mehnatsevar va fidoiy xodimlari holidan xabar olindi. Bunday tadbirlar ularning ruhini ko‘tarib, ish unumdorligi oshishiga xizmat qilmoqda.

Sovuqni sovuq demasdan mehnat qilayotgan xodimlarga issiq kofe, choy, issiq taomlar hamda kiyimlar (qo‘lqop, paypoq, oyoq kiyim) tarqatildi.

Ishchi xodimlar kecha-kunduz maxsus avtotransport yordamida chiqindilarni  qat’iy jadval asosida belgilangan joylarga chiqarib tashlamoqda. Qalin qor bilan qoplanganligi bois viloyatda hayvonot dunyosining oziqlanishida muammolar yuzaga kelmoqda. Shu sababli viloyat ekologiya boshqarmasi va ovchilar jamiyati xodimlari bilan hamkorlikda yovvoyi hayvonlar va parranda-qushlarni oziqlantirish ishlari ham yo‘lga qo‘yildi. Ular don va yem mahsulotlarini belgilangan dala hududlariga qo‘yib chiqmoqda.

Maqsad, qish fasli, ayozli kunlarni betalafot, bezarar o‘tkazib olishdir.  

Shuhrat Suyarov, O‘zA