Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayolni e’zozlab (+video)
19:27 / 2024-03-05

Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamkorligida an’anaviy “O‘zbek ayoli – o‘tmish, nafosat, kelajak ramzi” III Respublika fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturidan kelib chiqqan holda tashkil etilgan tadbirda turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar, onaxonlar, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi. 

[gallery-16227]

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivida saqlanayotgan adolatli va ma’rifatli ayollarning 100 dan ziyod fotosuratlari namoyish etildi. Ko‘rgazma ochilishida “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov taqdim etilgan fotosuratlarda ayol timsolidagi mehr-u-muhabbat, sadoqat va vafo ramzi mujassamligini ta’kidladi. 

Ko‘rgazmada so‘z olganlar olamning pokligi, inson kamoloti, umrning ziynati haqida gapirib, shubhasiz mo‘tabar onalarimizni, go‘zal opa-singillarimizga bo‘lgan ehtiromni ta’kidladi. Ayol go‘zalligi bilan — olam go‘zal, ayol baxti bilan — oila, butun jamiyat baxtli bo‘ladi degan qarash ong-u-shuurimizga chuqur kirib borayotgani va bizning hayotiy falsafamizga aylanayotgani e’tiborga molik. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lyRyXP70nrI" title="Ayolni eʼzozlab" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘zbekistonda yashayotgan har bir ayol, chin ma’noda, baxtlidir. O‘zbek ayoli mukammal inson, latif va nazokatli, mehribon va oqko‘ngil. U mushtipar ona, mehribon rafiqa, fidoyi hamkasb, yetuk olima, malakali xodim – bu ro‘yxatni istagancha davom ettirish mumkin. Bu ta’riflarga aniq isbotlar fotosuratlarda namoyish etildi. 

Tadbirda Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida fotosuratlar qanday mezonlar asosida va qancha muddatda saralab olingani ma’lum qilindi. Ko‘rgazma 10-martgacha davom etadi. 

Gulnoza Boboyeva, Oybek Pardayev (surat), O‘zA