English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollarning har bir kuni bayram
14:38 / 2022-10-15

15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Narpay tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Sherzod Rahmonov Yangiariq mahallasida yashovchi 102 yoshli Qunduz aya Qilichevani yo‘qladi.

– Shunday bayram ham bor ekanmi, – dedi Qunduz aya hokimning tabrigini eshitarkan. – Bugun ayollarimizning har bir kuni bayramku. Davlat shuncha e’tibor beryapti, imkoniyat yaratyapti. Bizning yoshligimizni, kuchimizni og‘ir mehnat olgan. Daladan beri kelmasdik. Yosh bolali bo‘lsak ham ishga chiqishga majbur edik. O‘roq o‘rardik, qo‘sh haydardik. Erta bahordan qishgacha qo‘limizdan ketmon tushmasdi. Endi bunaqa gaplar qayoqda? Shukr, yaxshi zamonlar keldi. Qizlarim, kelinlarimga bu kunlarning qadriga yetinglar, deb uqtiraman.

Qunduz aya duoga qo‘l ochib Yaratgandan yurtimizga tinchlik, elimizga omonlik tiladi.

G‘.Hasanov, O‘zA