French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollarni e’zozlash azaliy qadriyatimizdir
11:54 / 2026-03-03

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida joylashgan Shimoliy kon boshqarmasi 3-sonli gidrometallurgiya zavodida “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda ayollarning jamiyat va ishlab chiqarishdagi o‘rni yana bir bor e’tirof etildi.  

Ayol, ona deganimizda yurtimizning barcha jabhalarida faollik ko‘rsatayotgan, oilasi va jamiyati ravnaqi uchun fidokorona mehnat qilayotgan mo‘’tabar onalar, opa-singillar ko‘z oldimizga keladi. Ayniqsa, sanoatning eng og‘ir va mas’uliyatli sohalaridan biri bo‘lgan konchilik va metallurgiya tarmog‘ida erkaklar bilan yelkama-yelka mehnat qilayotgan xotin-qizlar tahsinga sazovordir.

– Bugungi kunda 1800 nafarga yaqin ishchi-mutaxassislar mehnat qilayotgan korxonamizda 300 nafarga yaqin xotin-qiz faoliyat yuritmoqda, – deydi zavod Xotin-qizlar kengashi raisi Shahlo Tohirova. – Ular orasida katta usta lavozimida ishlayotganlar ham, zavod uchun ulkan texnologik qo‘shimchalar va metall konstruksiyalari chizmalarini tayyorlayotgan mutaxassislar ham bor. Mehnati yuksak baholanib, davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan ayollarimiz ham mavjud. Ularning boy hayotiy va kasbiy tajribasini yoshlarga o‘rnak sifatida ko‘rsatish asosiy maqsadimizdir.

Shu maqsadda uchrashuvga sanoatdagi ko‘p yillik, fidokorona mehnati bilan e’tirof etilgan xodimalar taklif etildi. Ular o‘z hayot yo‘llari, mehnat faoliyati va muvaffaqiyat siri haqida so‘zlab, yoshlarga o‘z maslahatlarini berdi.

Tadbir doirasida zavodning eng ilg‘or xotin-qizlari tashakkurnomalar bilan taqdirlanib, zavodning ijodkor yoshlari tomonidan ayolni madh etuvchi she’rlar, bahoriy laparlar ijro etildi.  

A. Bo‘riyev, O‘zA