Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollarimizning jamoli, sport bilan goʻzal kamoli
12:04 / 2018-10-29

Poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida “Yurtimning munis ayoli, sport bilan goʻzal kamoli” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.


Poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida “Yurtimning munis ayoli, sport bilan goʻzal kamoli” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.

photo5379845201855621595.jpg

Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda mamlakatimizning barcha hududidan kelgan yuzga yaqin ayollar ishtirok etdi.

photo5379845201855621597.jpg

Tadbirning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, mamlakat velosiped sporti federatsiyasi raisi T.Norboyeva va boshqalar Prezidentimiz rahbarligida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini yuksaltirish, ular oʻrtasida sportning ommaviyligini oshirish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilayotgani, buni birgina Osiyo oʻyinlarida sportchilarimizning qoʻlga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari misolida koʻrishimiz mumkinligi, federatsiyaning hududiy boʻlimlarini rivojlantirish yuzasidan bir qator ishlar olib borilayotganligini taʼkidladi.

– Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar sportiga ulkan eʼtibor qaratilmoqda, – deydi Yevropa chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi, velosiped sporti boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Olga Zabelinskaya. – Biz, ayollar oʻz sogʻligʻimiz uchun ham sportni hayotimizning ajralmas qismiga aylantirishmiz kerak. Sababi biz onamiz, farzandlarimiz har tomonlama sogʻlom boʻlishi shart. Sport bilan shugʻullanib, xalqaro musobaqalarda yurtimiz bayrogʻini baland koʻtarayotganimda faxrlanaman. 

Tadbir soʻngida Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internati, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona, Andijon, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi hududiy boʻlimlariga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan ajratilgan jami 40 dona sport velosipedi taqdim etildi.