Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollari oqila yurt osuda va obod bo‘ladi
08:02 / 2025-06-25

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida “Oilalar mustahkamligini ta’minlashda "Oqila ayollar” harakatining o‘rni" mavzuiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi.

“Oqila ayollar” harakati a’zolari, faol ayollar ishtirok etgan tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Intizor Yaxshiyeva harakatning jamiyatdagi tutgan o‘rni, ijtimoiy muammolarni bartaraf etishdagi samarali yondashuvi haqida atroflicha so‘z yuritdi.  

Ayni paytda tumanda qariyb 128 ming kishi yashaydi. Ularning 62 mingdan ortig‘i xotin-qizlardir. Harakat a’zolari mahallalarda xotin-qizlar faolligini oshirish, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlab, oilalarda osuda, obod turmushni ta’minlashda samarali faoliyat yuritmoqda. Mahallalarda yanada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirib, aholi ongu shuuriga milliy qadriyatlar, ezgu g‘oyalar, urf-odatlar, muqaddas an’analarni chuqur singdirish orqali oilalarni mustahkamlamoqda.

Forumda harakat a’zolarining tuman xotin-qizlariga murojaatnomasi o‘qib eshittirildi. Mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol ayollar taqdirlandi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri