Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi
11:17 / 2022-10-13

Nasiba Axtamova Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi “Uyrot” mahallasida yashaydi. U mahallalarda tegishli mas’ullar tomonidan oilalar ahvoli o‘rganilish jarayonida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan edi. Tikuvchilikka qiziqqanligi bois, mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasiga asosan kasb-hunarga o‘rgatuvchi “Monomarkaz”da tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgandi.

Karmana tuman hokimligida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi va tuman hokimligi tomonidan Nasiba Axtamova singari “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 26 nafar xotin-qizga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.

– Tikuvchilikka juda qiziqqanim bois mahallamizdagi hokim yordamchisiga subsidiya asosida tikuv mashinasi olish maqsadida ariza topshirgan edim, – deydi Nasiba Axtamova. – Uch oy davomida hunar o‘rgandim. Bugun esa mutasaddilar tomonidan menga subsidiya asosida tikuvchilik mashinasi topshirildi. Endi men ham tikuvchilik orqasidan oilamga moddiy naf keltiraman. Bundan juda xursandman.

Yil yakuniga qadar Karmana tumanida ijtimoiy daftarlarga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan tartibda subsidiya asosida tikuv mashinalari berish davom etadi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA