Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan trening
12:09 / 2026-01-27

Ayollarni qo‘llab-quvvatlash — jamiyatda barqarorlik, adolat va taraqqiyotni ta’minlashning muhim omillaridan biri. Ayollar o‘z huquqlarini to‘liq anglab, xavfsiz muhitda, ishonch bilan yashashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqara olishi uchun tizimli yondashuvlar va samarali dasturlar zarur.

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tashabbusi bilan Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Respublika ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi hamkorligida W.I.N.G.S — “Himoyaga yetaklovchi yangi maqsadlarni belgilayotgan ayollar” dasturi doirasida onlayn trening boshlandi.

Mazkur treningning asosiy maqsadi zo‘ravonlik xavfini erta aniqlash, unga professional va tizimli munosabat bildirish, shuningdek, ayollar bilan ishlovchi mutaxassislarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Treningda pilot hududlar — Andijon, Navoiy, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahridagi Respublika ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi xodimlari, “Inson” ijtimoiy xizmat markazlari psixologlari va katta yoshdagilar bilan ishlash bo‘limlari bosh mutaxassislari, shuningdek, “Ona uyi” nodavlat notijorat tashkiloti xodimlari ishtirok etmoqda.

Uch kun davom etadigan trening dasturi doirasida gender zo‘ravonligini chuqur tushunish, W.I.N.G.S dasturining konseptual asoslari, fasilitatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ushbu yondashuvlarni amaliyotda samarali qo‘llashga qaratilgan sessiyalar o‘tkaziladi.

Trening nafaqat nazariy bilimlarni boyitish, balki real hayotiy vaziyatlarda ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xavfsizligini ta’minlash va barqaror hayot sari yetaklashga xizmat qiluvchi amaliy mexanizmlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA