Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar va bolalarga nisbatan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha konferensiya o‘tkazildi (+video)
17:33 / 2025-10-27

Bugungi kunda xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mamlakatimizda xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid bir qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda shaxsni zo‘ravonliklardan, shu jumladan, oilada sodir etiladigan jinoiy zo‘ravonliklardan himoya qilish mexanizmi mustahkamlab qo‘yilgan. Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro kelishuv hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha xalqaro kelishuv oilani jamiyat asosidagi guruh deb tan oladi hamda shaxsni oiladagi zo‘ravonliklardan himoya qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida “Ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

 So‘nggi yillarda qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, ilgari “yopiq” bo‘lgan zo‘ravonlik mavzusini keng yoritish imkonini berdi. Bu esa o‘z o‘rnida jamiyatda xotin qizlar va bolalarning huquqlari yanada mustahkamlanib, ularga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Ya6wPb1p4CM" title="Ayollar va bolalarga nisbatan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha konferensiya o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA