Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar terma jamoamiz Ekvator Gvineyasi, Nigeriya va Zambiya termalariga qarshi maydonga tushadi
17:31 / 2021-02-01

Bu jarayon 15-24 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etiladigan "Festival Womenʼs Trophy 2021" xalqaro turniri doirasida amalga oshiriladi.

Mazkur turnirga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Bahrom Norsafarov ustozligidagi terma jamoamiz 8-14 fevral kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi va 15 yanvar kuni Antaliya shahriga yo‘l oladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, nigeriyaliklar ayollar futboli bo‘yicha Jahon chempionatining muntazam ishtirokchisi hisoblanadi. Zambiya ayollar terma jamoasi esa 2021 yilgi Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Afrika qit’asining yagona jamoasi hisoblanadi.

Turnir taqvimi:

17 fevral

O‘zbekiston – Ekvator Gvineyasi

Zambiya - Nigeriya

20 fevral

O‘zbekiston – Nigeriya

Ekvator Gvineyasi – Zambiya

23 fevral

O‘zbekiston – Zambiya

Nigeriya – Ekvator Gvineyasi.

O‘zA