Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar tadbirkorligi rivojlanmoqda
16:27 / 2016-03-02

Temuriylar tarixi davlat muzeyida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan ayollarni tadbirkorlikka jalb etishni kengaytirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Temuriylar tarixi davlat muzeyida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan ayollarni tadbirkorlikka jalb etishni kengaytirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zLiDePning “Ayollar qanoti” tomonidan 2015-yilda amalga oshirilgan ishlar, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining ijrosini ta’minlashda partiyaning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini muhofazalash, ularning siyosiy, iqtisodiy bilimlarini yanada mustahkamlash masalasiga doimiy e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi Respublika Savdo-sanoat palatasi, yetakchi tijorat banklari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Ular oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarni ishbilarmonlik faoliyatiga jalb etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, biznesga oid ilg‘or g‘oya va tashabbuslarni hayotga tatbiq etishga ko‘maklashmoqda.

“Oilaviy tadbirkorlikdan – mustahkam oilaga” loyihasi asosida yuzlab ayollar ish bilan ta’minlandi. Loyiha doirasidagi tadbirlarda xotin-qizlar o‘z bilimlarini oshirdi.

– 2012-2015-yillarda ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan o‘quv-seminarlarda qatnashgan 1248 xotin-qizga tijorat banklari tomonidan 20 milliard 323 million so‘mdan ziyod kredit ajratildi, – deydi partiya siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Akromova. – Birgina o‘tgan yilning o‘zida mazkur loyihada faol qatnashgan ayollarga 11 milliard so‘mga yaqin kreditlar ajratilib, buning natijasida 1 ming 300 yangi ish o‘rni tashkil etildi.

Yig‘ilishda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.