English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar sport festivali
20:51 / 2015-07-27

Jizzaxda Vatanimiz mustaqilligining yigirma to‘rt yilligiga bag‘ishlab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida ayollar sport festivali o‘tkazildi.

Jizzaxda Vatanimiz mustaqilligining yigirma to‘rt yilligiga bag‘ishlab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida ayollar sport festivali o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan festivalda 300 ga yaqin xotin-qiz sportning voleybol, yengil atletika, stol tennisi, suzish, darts, shaxmat-shashka turi bo‘yicha bahslashdi.

Umumjamoa hisobida Jizzax shahrining havaskor sportchilari g‘olib, deb topildi. Jizzax tumani ikkinchi, Zarbdor tumani vakillari uchinchi o‘rinni egalladi. 

Suratlarda:2,4s,5,10-Jizzaxda Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligiga bag‘ishlab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilgan ayollar sport festivalidan lavhalar.