Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar salomatligiga qaratilgan bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi
16:18 / 2025-10-23

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarni erta aniqlash maqsadida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Tadbir Jalaquduq tumani tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika ginekologlari hamda Andijon viloyati “Ona va bola salomatligi” markazi akusher-ginekologlari hamkorligida amalga oshirildi.

Ko‘riklar doirasida 45-65 yoshdagi ayollar ko‘krak bezi saraton kasalligi, 30-55 yoshdagi ayollar esa bachadon bo‘yni saraton kasalligi bo‘yicha skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi.

Tadbir mobaynida jami 910 nafar xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Tekshiruvlar natijasida 8 nafar ayolda ko‘krak bezi saraton kasalligining dastlabki bosqichi aniqlandi. Ular dispanser hisobiga olindi hamda tegishli davolash choralari belgilandi.

Shuningdek, saraton kasalligini erta aniqlash maqsadida 45-65 yoshdagi 65 nafar ayolga mammografiya tekshiruvi amalga oshirildi.

[gallery-25885]

Andijon viloyati “Ona va bola salomatligi” markazi direktori Dildora Nasritdinovaning ma’lum qilishicha, bunday skrining tadbirlari aholi tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarning oldini olish va ularni erta tashxislash imkonini yaratadi. Shu munosabat bilan mazkur yo‘nalishdagi profilaktik ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Ayollar salomatligini muhofaza qilish va onalik hamda bolalikni qo‘llab-quvvatlash sog‘lom avlodni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/x52Uy_ctgHQ" title="Ayollar salomatligiga qaratilgan bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Faxriddin  Ubaydullayev,

Zuhriddin Umrzoqov (foto), O‘zA