Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ayollar reproduktiv salomatligi uchun platforma yaratdik” (+video)
18:57 / 2026-02-24

“Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” loyihasining bu yilgi 1-o‘rin g‘oliblari Ko‘ksaroy qarorgohida Davlatimiz rahbariga o‘z loyihalarini taqdimot qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qaror tasdiqlangan.

Mazkur qarorga asosan, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” tanlovi yo‘lga qo‘yildi. Tanlov 2023-yildan boshlab o‘tkazilib kelinmoqda.

– Men ayollar reproduktiv salomatligiga bag‘ishlangan “Femmy” raqamli platformasini asoschilaridan biriman.  

Ayollar ko‘pincha sog‘lig‘i bo‘yicha oddiy, lekin muhim savollarga ishonchli  javob topishda qiynaladi. Avvallari o‘zim ham sog‘ligimga oid savollarimga  javob topishda qiynalganman.  Shu muammoni hal qilish maqsadida biz “Femmy” platformasini yaratdik.  

Bugungi kunda 20 000 dan ortiq ayol platformadan foydalanmoqda, foydalanuvchilarning 70 foizi hududlarda yashaydi.

Femmy ayollarga tibbiy ma’lumot berish bilan birga, ozini sog‘liq trekeriga ham ega. Ushbu treker orqali ayollarda bo‘ladigan turli xil davrlar yoki sog‘liq ko‘rsatkichlarini kuzatib borishi mumkin. Bu esa erta muammolarni aniqlash va shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilishga yordam beradi.  

Femmy ayollarga tibbiy ma’lumot berish bilan birga, ozini sog‘liq trekeriga ham ega. Ushbu treker orqali ayollarda bo‘ladigan turli xil davrlar yoki sog‘liq ko‘rsatkichlarini kuzatib borishi mumkin. Bu esa erta muammolarni aniqlash va shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilishga yordam beradi.

Avvalo, yurtimizdagi sog‘liqni saqlash va raqamli innovatsiyalarga berayotgan e’tibor uchun judayam minnatdormiz va munosib hissa qo‘shishga tayyormiz.

Kelgusida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun bepul telemeditsina xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirib qo‘ydik.

Biz Femmy platformasini davlat poliklinikalari va boshqa tibbiy muassasalar bilan bog‘lab targ‘ibot qilishni rejalashtirganmiz.

Bu orqali ko‘proq ayollar Femmy haqida xabar topadi, tibbiy savodxonligi oshadi.

Natijada davlat tibbiyoti samaradorligi ortadi va zamonaviy raqamli yechimlardan keng foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Men davlatimiz rahbariga Femmy platformasini davlat poliklinikalari va boshqa tibbiy muassasalar bilan bog‘lashning samarasi haqida taqdimot qildim.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/W1f2ayfyAUw" title="“Ayollar reproduktiv salomatligi uchun platforma yaratdik”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘zA muxbiri Abdulaziz RUSTAMOV yozib oldi