Ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarni davolash choralari kuchaytiriladi (+video)
Oktyabr oyi butun dunyoda an’anaviy ravishda ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashga bag‘ishlanadi. Bu yil O‘zbekistonda u "Erta aniqla — hayotni saqla" shiori ostida o‘tkazilmoqda. Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Erta aniqla – hayotni saqla” forumi nafaqat tibbiy jamoatchilik, balki butun jamiyat uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Forum Strategik islohotlar agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va BMTning UNFPA jamg‘armasi tomonidan Yandex Uzbekistan ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, unda 500 dan ortiq ishtirokchi — yetakchi shifokorlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, xususiy sektor va saraton bilan kurashayotgan ayollar ishtirok etishdi.
<iframe width="1326" height="746" src="https://www.youtube.com/embed/uM2egAE3wRU" title="Ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarni davolash choralari kuchaytiriladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Forumda O‘zbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Turkiya, Gruziya kabi davlatlarning nufuzli onkologiya markazlari vakillari ham qatnashib, ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar. Bu esa mamlakat tibbiy tizimi uchun yangi imkoniyatlar va hamkorlik yo‘nalishlarini ochadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA