Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar mehnat huquqiga oid normalar qo‘llab-quvvatlanmoqda
11:29 / 2022-07-14

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlanishiga bir kun qoldi.

Muhokamalar esa qizg‘in davom etayotir. Mazkur hayotiy muhim hujjat loyihasi jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinib, takliflar berilmoqda.   

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Abdirimov o‘zi saylangan hududlarda mahalliy Kengash deputatlari hamrohligida uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Xorazm viloyatining Gurlan va Yangibozor tumanlarida saylovchilar bilan uchrashib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmuni haqida batafsil ma’lumot berdi.   

– Uchrashuvlarda, ayniqsa, ayollarimiz faol ishtirok etmoqda, – deydi deputat. – Ular Konstitutsiyaning ayollar mehnat huquqi bilan bog‘liq 37-moddasi, oila bilan bog‘liq 63-moddasi hamda onalik va bolalikni himoya qilish bilan bog‘liq 65-moddalariga kiritilayotgan yangi normalardan mamnun bo‘lmoqda. Chunki xalqimiz azaldan muqaddas ayol zotiga, xotin-qizlarga doimo yuksak ehtirom ko‘rsatib kelgan. Ayolga bo‘lgan hurmat-e’tibor bu, avvalo, oilaga, jamiyat kelajagiga bo‘lgan hurmat-e’tibor namunasidir.   

Parlament quyi palatasining yana bir deputati Muborak Ahmedova ham xorazmlik saylovchilar bilan yuzma-yuz bo‘lib, Konstitutsiyaviy islohotlarni keng targ‘ib qilmoqda. Qo‘shko‘pir tumanida turli soha vakillari bilan o‘tgan uchrashuv, ochiq muloqot hamda davra suhbatlarida Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati, bugungi kunda hayotimizda, taraqqiyotimizdagi o‘rni haqida tushuntirishlar berdi.   

 

O‘z navbatida, aholi vakillarining o‘rinli taklif va mulohazalari ham qayd etib olinmoqda. Bu esa Asosiy qonunimizni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.     

Muhtarama Komilova,   O‘zA