FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Norin tumanida xotin-qizlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi hamda bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Ayollarning jamiyatda faolligini oshirish, ular o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish va qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda 250 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz ishtirok etdi. Shu kuni 15 nafar ayol doimiy, 14 nafari jamoat ishlariga joylashtirildi, 15 nafar opa-singillarimiz kasb-hunarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 28 nafariga subsidiya va kredit olishi uchun hokim yordamchilari tomonidan tavsiyalar taqdim qilindi.
Shuningdek, tor doiradagi mutaxassislar tomonidan olib borilgan tibbiy ko‘rik davomida 50 nafar ayolga bepul dori vositalari, 7 nafariga statsionar tarzda davolanish uchun yo‘llanma berildi.
[gallery-11195]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA