English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar kurashida yangi sahifa ochgan o‘zbek qizi
09:52 / 2025-08-02

Gretsiya mamlakati mezbonligida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionatining ayollar kurashi yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natija qayd etdi.

Jumladan, musobaqaning so‘nggi kunida -40 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan sportchimiz Shohista Shonazarova oltin medal uchun o‘tgan bellashuvda yaponiyalik An Nakanishini 11:0 hisobida yengdi. Natijada ayollar kurashi bo‘yicha mamlakatimizda mazkur yosh toifasida jahon chempioni bo‘lgan ilk qizga aylandi.

Shu tariqa, ayollar kurashi bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoamiz bittadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bugun, 2 avgust kuni chempionatning erkin kurash bellashuvlarida vazni -55 kg. bo‘lgan polvonimiz Abdumalik Jaloliddinov yaponiyalik Jinnosuke Okonogi bilan final bosqichida raqobatlashadi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA