Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar jazoni ijro etish muassasasida bayram tadbiri
17:30 / 2019-08-26

Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 21-sonli ayollar jazoni ijro etish muassasasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi tomonidan “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida bayram dasturi tashkil etildi.

Ayol – muqaddas. Shu bois, ularni farishtaga mengzaymiz. Afsuski, ular orasida hayot yoʻllarida adashib, qingʻir koʻchalarga kirib qolganlari ham uchraydi. Bugun esa ular qilmishidan afsusda. Xalqimiz kechirimli boʻlish va insoniy qadriyatlarni ulugʻlash kabi xislatlarni qadrlaydi. Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida shu kabi nadomat chekkan qalblarga ezgulik ulashildi.

Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushunchalar berildi. 

Taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi konsert dasturi yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir soʻnggida ayollar jazoni ijro etish muassasasining yangi ochilgan kutubxonasi uchun tashkilotchilar tomonidan 50 dan ortiq kitoblar taqdim etildi.