Ayollar jamoalari 4-tur o‘yinlarini o‘tkazdi
FOTOREPORTAJ
Bugun Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi stadionda “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” futbol klublari o‘rtasida 4-tur uchrashuvlari start oldi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan o‘yinda “temiryo‘lchi” qizlarning qo‘li baland keldi. Ular raqib darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi: “Paxtakor”-“Lokomotiv” 0:3.
[gallery-17000]
Turning qolgan uchrashuvlari natijalari quyidagicha bo‘ldi: “Qizilqum”-“Buxoro” 3:0, “Navbahor”-“Neftchi” 2:1, “Sevinch”-“So‘g‘diyona” 5:1.
OKMK hamda “Bunyodkor” uchrashuvi esa boshqa muddatga kechiktirilgan.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA