Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar huquqi konstitutsiyaviy darajada himoya qilinadi (+video)
20:22 / 2023-04-25

— Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 42-moddasida nazarda tutilganidek, homiladorligi yoki yosh bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ularni ishdan chetlashtirish yoki munosib haq to‘lamaslik to‘g‘risidagi masala qonunchilik bilan taqiqlanadi. Ya’ni, ularni albatta ishga qabul qilish kerak, mehnatlari munosib ravishda baholanishi lozim.

Ushbu g‘oyaning mohiyati ijtimoiy davlatning xususiyatidan kelib chiqadi. Bizning qonunchiligimizda shu paytga qadar bunaqa norma yo‘qmidi, degan savol bo‘lishi mumkin. Mehnat kodeksida ushbu norma bor edi. Lekin bu Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi davlat organi bo‘ladimi, nodavlat, xususiy sektor bo‘ladimi, albatta ularga ham taalluqli ekanini bildiradi.  

Bir vaqtning o‘zida ayollarning mehnat qilish bilan bog‘liq huquqlarini konstitutsiyaviy darajada kafolatlashning maqomini ko‘rsatib beradi. Demak, fuqarolarimiz kim bo‘lishidan, biologik holati qanday bo‘lishidan, dini, e’tiqodi, barcha xususiyatlaridan qa’ti nazar mehnat borasidagi huquq va erkinliklari Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yilyapti, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati  Muxtabar Husanova.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OEinzqSvVzI" title="Ayollar huquqi konstitutsiyaviy darajada himoya qilinadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, Yo.Meliboyev (video), O‘zA