Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar futzali. Tojikistonga kimlar boradi?
17:01 / 2022-01-13

Ayollar futzali bo‘yicha mamlakat terma jamoasi ertadan Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi.

19 yanvarga qadar tashkil etiladigan mashg‘ulotlardan so‘ng futzalchi qizlarimiz Tojikistonga safar etishadi. Termamiz Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan  ayollar futzali bo‘yicha “CAFA Womenʼs Futsal Championship-2022” xalqaro turnirida ishtirok etadi.

Bosh murabbiy Farruh Zokirov mazkur musobaqada qatnashadigan futzalchilar tarkibini aniqlab oldi va yig‘inda aynan shu futzalchilar qatnashadi. Bular:

Darvozabonlar – Laylo Tilovova, Maftuna Jonimqulova (ikkalasi ham “Sevinch”dan), Gulandon Boymatova (“Metallurg”)

O‘yinchilar – O‘g‘iloy Qo‘chqorova, E’zoza Sharipova (ikkalasi ham “So‘g‘diyona”dan), Feruza Turdiboyeva, Aziza Norboyeva, Nozima Ergasheva (uchalasi ham “Bunyodkor”dan), Nilufar Qudratova, Maftuna Shoyimova, Gulzoda Amirova (uchalasi ham  “Sevinch”dan), Zumrad Nazarova, Madina Hikmatova (ikkalasi ham “Paxtakor”dan), Dildora Ergasheva (“Lokomotiv”).

Dushanbedagi xalqaro musobaqa 19-29 yanvar kunlariga belgilangan.