Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar futboli: yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi-2022 musobaqasi ham Toshkentda o‘tadigan bo‘ldi
17:15 / 2021-03-25

Ayollar o‘rtasida 20 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazishni so‘rab OFKga rasmiy xat yo‘llagan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining murojaati ma’qullandi.

Shu tariqa 2022 yilgi ayollar futboli bo‘yicha yoshlar Osiyo chempionati yurtimiz stadionlarida o‘tadigan bo‘ldi. Musobaqalar kelasi yilning 4-17 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur chempionatda yuqori uch o‘rinni egallagan terma jamoalar 2022 yilgi 20 yoshlilar o‘rtasidagi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

 

Oybek YUNUSOV, O‘zA