Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar futboli: U20 Osiyo kubogining barcha ishtirokchilari ma’lum
11:38 / 2025-08-11

Avval xabar berganimizdek, 2026 yilning 1-18 aprel kunlari Tailand mezbonligida qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha U20 Osiyo kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Unda qit’amizning 12 terma jamoasi uch guruhga bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashadi. Guruhlarda 1-2-o‘rinlarni egallagan termalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri chorak final bosqichiga yo‘l oladi. O‘z guruhida eng yaxshi natija qayd etib, 3-o‘ringa joylashgan ikki jamoa ham 1/4 final bosqichi ishtirokchisiga aylanadi.  

E’tiborlisi, Osiyo kubogining chorak final ishtirokchilari 2026 yil 5-27 sentyabr kunlari Polshada o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Quvonarlisi, kuni kecha O‘zbekiston U20 yosh toifasidagi futbolchi qizlarimiz Osiyo kubogi saralash bahslarining “G” guruhida 7 ochko bilan birinchi o‘rindan joy olib, final bosqichiga yo‘l oldi. Bu esa Vladimir Panov qo‘l ostidagi terma jamoamizning jahon chempionati sari yana bir qadam tashlaganidan dalolat.  

Darvoqe, Osiyo kubogi saralash bahslaridan KXDR, Vetnam, Avstraliya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya termalari guruh g‘olibi sifatida muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, Iordaniya, Bangladesh va Xitoy Taypeyi terma jamoasi eng yaxshi natija ko‘rsatgan ikkinchi o‘rin sohibi sifatida Osiyo kubogiga yo‘l oldi.

Darvoqe, kelasi yilgi Osiyo kubogida Tailand mezbon sifatida ishtirok etadi.

Osiyo kubogi finaliga qur’a tashlash marosimida jamoalar savatchalarga quyidagicha joylashadi:

1 savat: Tailand, Yaponiya va KXDR;

2 savat: Avstraliya,  Janubiy Koreya, Xitoy;

3 savat: O‘zbekiston, Xitoy Taypeyi, Vetnam;

4 savat: Iordaniya, Hindiston, Bangladesh;

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA